Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


uchun xususiy b o ‘lgan xossadir



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162
1666003133-1

uchun xususiy b o ‘lgan xossadir.
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror obyektning xossasi ikkin-
chisinikiga nisbatan m a’lum darajada kattaroq yoki kichikroq
bo‘lishini ifodalaydi.
Biz o ‘rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar,
ularning birliklari, o ‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan cham-
barchas bog‘liqdir. «Kattalik» atamasidan xossaning faqat miqdoriy
tomonini ifodalash uchun foydalanish to ‘g ‘ri emas (masalan,
«massa kattaligi», «bosim kattaligi» deb yozish), chunki shu xossa-
larning o ‘zi kattalik bo‘ladi. Bunda «kattalik o ‘lchami» degan ata-
mani ishlatish to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzun-
ligi, massasi, elektr qarshiligi va hokazolar.
Har bir fizikaviy obyekt bir qancha obyektiv xossalar bilan
tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu
xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy
o ‘lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o ‘lchash
imkoniyati mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050-yillarga borib 200 dan
ortib ketishi bashorat qilinmoqda.
Ko‘pincha kattalikning o ‘rniga parametr, sifat ko‘rsatkichi, tavsif
(xarakteristika) degan atamalarning qo‘llanishiga duch kelamiz,
lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.
32


Muayyan guruhlardagi kattaliklar orasida o ‘zaro bog‘liqlik
mavjud bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash
mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o ‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni
aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar asosida kattaliklarni
ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy katta­
liklar.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin