aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e ’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamiz-da, 30
«...mana shu-da!» deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilib- bilmaydigan, ko‘rib-ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi. Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak. Yon-atrofingizga bir nazar tashlang, har xil buyumlar, jonli va jonsiz predmetlarni ko‘rasiz. Oldingizda do‘stingiz dars qilib o ‘tirgandir. Garchi bu atrofingizdagilar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham, hozir ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xossalar va xususiyatlar bo‘yicha ulardagi muayyan umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do‘stingizni olaylik. Bular bir-biridan qanchalik farqli bo‘lmasin, lekin o ‘zlarida shunday bir umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo‘lsa, biror-bir yo‘nalish bo‘yicha olingan va aniq chegaraga (ora- liqqa) ega bo‘lgan makonni yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala obyekt uchun bir xil ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo‘lib qoladi. Yoki og‘irlik tushunchasi, ya’ni misol tariqasida olingan obyektlarning Yerga tortishishini ifodalay- digan xususiyatini oladigan bo‘lsak ham, mazmunan bir xillikni ko‘ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning Yerga torti-