Korxona standartlarining belgisi quyidagilardan iborat: — hujjat indeksi — KSt; — korxonalar va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT) bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning sakkiz darajali kodi; — defis bilan ajratilgan, korxona tomonidan berilgan ro‘yxat- ning uchta raqamli tartib raqami; — ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami. Misol uchun: KSt 00000359-143:2006. Texnik shartlarni ishlab chiqish tartibi. Texnik shartlarning loyihalari texnik qo‘mitalar va standart lashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar tomonidan, shuningdek, TQ bilan kelishilgan holda boshqa vakolatli tashkilotlar va korxo- nalar tomonidan O‘z DSt 1.2:1992 «O‘z SDT. Texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»ga asosan ishlab chiqiladi. Texnik shartlar ushbu mahsulotga nisbatan qo‘llaniladigan yuqoriroq darajali standartlar va texnik shartlar yo‘q bo‘lganda va talablarni yanada jiddiylashtirish zarur bo‘lganda, shuningdek, ushbu tarmoqning ikki va undan ortiq korxonalarida chiqarila- digan mahsulotga ishlab chiqiladi. Texnik shartlarda o ‘rnatiladigan talablar ushbu mahsulotga nisbatan qo‘llaniladigan amaldagi stan- dartlarning talablaridan past bo‘lmasligi va boshlang‘ich mahsulot (buyumlar, materiallar, moddalar)ga standartlar va texnik shartlar- ning talablariga zid kelmasligi lozim. Texnik shartlarning loyihalari, agar mahsulotni ishlab chiqa- rishga qo‘yish to‘g‘risida qarorni qabul komissiyasi qabul qiladigan bo‘lsa, qabul komissiya bilan kelishib olinadi. Ishlab chiquvchi