Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash tartibi davlat standarti O‘z DSt 1.8:1994 «O‘z SDT. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»da belgilangan. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar quyidagi hollarda ishlab chiqiladi: — tashkiliy-metodik yoki umumtexnikaviy tarzdagi standart- lashtirish obyektlariga talablar ushbu obyektlarga xos standartlarni ishlab chiqishdan avval amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda; — metodlarning (mahsulot sifatini tekshirish va sinash metodlari bundan mustasno) tegishli tashkiliy-metodik standartlari va umum texnikaviy standartlarining talablarini to ‘ldirish lozim bo‘lganda; — tashkiliy-metodik tarzdagi talablar O‘z DSt 1.0:1998 (stan- dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish idoralari va xizmat- larining vakolatini belgilovchi rahbariy hujjatlar, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish tartibi to ‘g‘risida, davlat nazorati to ‘g‘risida rahbariy hujjatlar va h.k.) bo‘yicha standartlashtirish obyektlari bo‘lmagan hollarda. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amaldagi standartlarning talablarini takrorlamasligi yoki ularga zid kelmasligi lozim. Rahbariy hujjatlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: — yo‘riqnomalar (qoidalar); 122
— metodik ko‘rsatmalar; — nizomlar (namunaviy nizomlar). Rahbariy hujjatlar belgilangan amal doirasida va qo‘llanish soha sida majburiy bo‘ladi. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal qilinish doirasiga ko‘ra tarmoqlararo (davlat) va tarmoq xillariga ajraladi.