chilariga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Har bir uzunlikda belgilar sonini aniqlashda yangi obyektlarning paydo bo‘lishi mavjudligini inobatga olib zaxira kodlar nazarda tutilishi lozim. Kodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: — obyektlar va (yoki) obyektlar guruhini bir xil ma’noli identi fikatsiyalash va identifikator bo‘lishi lozim; — belgilar soni minimal (minimal uzunlikda) va berilgan to ‘p- lamning barcha obyekt (alomat)larini kodlash uchun yetarli bo‘lishi lozim; — kodlashtiriladigan to ‘plam obyektlari paydo bo‘lgan holatlar uchun yetarli zaxiraning mavjudligi; — odamlar foydalanishi hamda kodlashtirilgan ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay bo‘lishi lozim; — kompyuter tizimiga kiritishda xatoliklarni avtomatik nazorat qilish imkoniyatini ta’minlash. Kod uzunligi — koddagi probellarsiz belgilar soni. Nazorat soni — kod yozuvlarini tekshirish uchun foydalanila- digan hisoblangan son. Texnikaviy-iqtisodiy ma’lumotlarni kodlashtirish ketma-ket, parallel, tartibli va seriyali-tartibli usullarga bo‘linadi. Ketma-ket kodlashtirish usulida iyerarxik sinflashtirish usulida olingan bir-biriga bog‘liq joylashgan ketma-ketlikdagi kodlardan foydalanish bilan obyekt va (yoki) guruhning sinfli kodi shakllan- tiriladi. Parallel kodlashtirish usuli fasetli sinflashtirish usulida olingan mustaqil guruhlangan kodlardan foydalanish bilan sinflashgan obyekt va (yoki) sinflangan guruh kodini shakllantirish va uni kiri- tishdir. Bu holatda kod tuzilmasi fasetli formula bilan aniqlanadi. Tartibli kodlash usuli natural sonlar qatoridan shakllantirish va undan foydalanish bilan farqlanadi. 129