etishga imkon yaratadi. Unifikatsiyaning vazifalari quyidagilar hi- soblanadi: — yangi yaratilayotgan mahsulotlar guruhi bir xilligi yoki tarkibiy elementlar (agregatlar, uzellar, detallar)ni ishlab chiqarish da o ‘zlashtirilgan, vazifaviy qo‘llanilishi avval loyihalashtirilgan yaqinligi bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish; — yangi yaratilayotgan yoki modernizatsiyalangan buyumlarni qo‘llash uchun unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish; — konstruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish; — buyum va materiallar qo‘llanilishiga ruxsat etilayotgan no- menklaturalarini maqsadli minimumga qisqartirish. 131
Birxillashtirishga turli talqinlar berilgan. Umumiy olganda, birxillashtirishni elementlarning turli-tumanligini ular qo'llanadigan tizimlarning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish ko'proq maqsadga muvofiq bo'ladi. Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o'tkaziladi: — korxona darajasida; — tarmoq darajasida; — tarmoqlararo darajada. Keyingi vaqtlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlan- moqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo'nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So'ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig'iladi va bu chizmalar oldiga qo'yilgan maqsadga ko'ra tabaqalanadi. Shundan so'ng, yoki yangi konstruk- siya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo'lganlarining ichidan boshqalari- ning o'rnini bosishi mumkin bo'lgani tanlanadi. Birxillashtirish darajasi namuna o'lchamlari doirasidagi qo'lla-