Sinflashtirishning fasetli usuli birlamchi obyekt to ‘plamini muayyan masalani hal etish uchun aniqlanilgan berilgan alomatlarni namoyon etuvchi mustaqil to‘plamostilariga bo‘lish natijasida amal ga oshiriladi. Fasetli usul bo‘yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: — obyektning birlamchi to ‘plamini aniqlash; — sinflashtirish obyektini barcha tomonlama tavsiflovchi asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash; — fasetlarda bir turdagi (mavjud) alomatlarni guruhlash va ularni kodlashtirish; — to ‘plamostini hosil qilish uchun fasetli formulani aniqlash. Fasetli usul obyektning muayyan turli tavsiflari yig‘indisi aso sida «xususiydan umumiyga» tamoyili bo‘yicha to ‘plamostining shakllanishi bilan o ‘ziga xosdir. Kodlashtirish — obyektga yoki obyektlar guruhiga uning nomini bir qancha simvollar bilan almashtirish imkonini beruchi yagona belgi (kod)ni qo‘yish va belgilashdir. Kod — qabul qilingan usulga muvofiq o ‘zlashtirilayotgan ob- yektni identifikatsiyalash maqsadidagi belgi yoki belgilar majmua- sidir. Kodli belgilashlar alifboli, razryadli, tuzilmali, uzunli va nazo rat sonli kodlashlar bilan tavsiflanadi. Alifbo — kodni belgilash uchun qabul qilingan belgilar (sim- vollar) tizimi. Razryad kodi — kodda belgilar holati. 128