Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


obyekt to ‘g ‘risida nazariy yo‘l bilan yoki eksperimental usullar



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162
1666003133-1

obyekt to ‘g ‘risida nazariy yo‘l bilan yoki eksperimental usullar
bilan ma’lumotlar olish umkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
Quyidagi ekspert usullari mavjud: evristik (aqliy hujum, ssena-
riyli, anketali) va jamoali ekspertizalar. Ekspertlar guruhi doirasida
jamoali ekspertiza usuli yanada xolisona va istiqbolli usul bo‘lib
hisoblanadi. Biroq, muayyan sharoitlarga bog‘iq holatlarda bu
usullardan kombinatsiyalashgan holda foydalaniladi.
3. M axsus usullar.
Standartlashtirishning ko‘proq ishlatiladigan maxsus usullari
quyidagilar: unifikatsiya (birxillashtirish); tiplashtirish (turlash);
agregatlashtirish; modullashtirish.
125


Shuningdek, parametrik, kompleks va ilgarilanma standartlash­
tirish kabi maxsus usullar ham mavjud. Quyida ko‘proq va kengroq
ko‘lamda qo‘llaniladigan usullarga batafsil to ‘xtalib o ‘tamiz.
3.7. Amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladigan umumilmiy
standartlashtirish usullari
Standartlashtirish obyektlarini tizimlashtirish standartlashti-
rishning muayyan obyektlari majmuyini ilmiy ketma-ketlik bilan
tasniflash (sinflash) va muayyan tartiblashtirishdan iborat.
Ixtiyoriy obyektni tizimlashtirish foydalanish uchun qulay,
aniqlangan tizimni shakllantirish va ularni ketma-ketlikda joylash-
tirish maqsadida amalga oshiriladi.
Tizimlashtirishning eng oddiy tizimi turli lug‘at va ma’lumot-
lardan foydalaniladigan alifbo bo‘lib hisoblanadi. Standartlashtirish
obyektlarini tartib bilan raqamlashtirish yoki ularni voqealar ketma-
ketligiga asoslangan holda joylashtirishda qo‘llaniladi. Masalan,
ГОСТ, O‘z DSt standartlari o ‘sib borish tartibi bo‘yicha raqam-

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin