nish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin. Buyumlarning standart va birxillashtirilgan detallar va tarkibiy qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha aniqlanadi: 1. Qo'llanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к qo'l = "-П- ■ 100, (3.2) bunda: n — buyumda detallar va tarkibiy qismlarning umumiy miqdori; n0 — tanlangan namuna o'lchamlar soni. 2. Takrorlanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к ,л = ■ 100. (3.3) Shunga o'xshash qo'llanishlik koeffitsiyentini qiymat bo'yicha aniqlash mumkin. Endilikda birxillashtirishga standartlashtirishning bir usuli sifatida emas, balki alohida, mustaqil bir faoliyat sifatida qaral- moqda. Amaliyotda sanoat tarmoqlarida butlovchi buyumlarning unifi- katsiyasi bo'yicha tadbirlar qabul qilinib, namunaviy elektr qurilma- 132
lari, elektrodvigatellar, aylanish podshipniklari, uzatma tasmalarini qo'llash bo'yicha chegaralangan standartlarni yaratish yo'li bilan tarmoqlararo unifikatsiyalash qo'llanilmoqda. Masalan, qurilishda yuk ko'tarish kranlari uchun ГОСТ 13355-79 «Qurilish minora kranlari. Asosiy parametrlari» standartida harakatlanuvchi sakkizta tip o'lchamlari va uchta qadama kranlarining tip o'lchamlari quri- lishdagi ehtiyojlarni to'liq ta’minlashi nazarda tutilgan (3.6-rasm). Kimyo sanoati mashina va apparatlari ko'plab turli xil sharoit- larda, ya’ni turli xil bosimlar — juda ham chuqur vakuumdan 2500 kgf/sm2 gacha va undan yuqori bosimlar, —196 °C dan +2000 °C gacha haroratlarda, yong'in va portlash xavfi bor