Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


fikatsiyalashni amalga oshirish mumkin



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   162
1666003133-1

fikatsiyalashni amalga oshirish mumkin.
O‘z DSt 1.0-1998 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha
izoh berilgan.
Birxillashtirish — muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur
bo‘lgan eng m a’qul o ‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon yoki
130


xizmat turlarini tanlash. Birxillashtirish unifikatsiya deb ham
yuritiladi. Bu so‘z lotincha 
uni
— bir, 
unio
— birlik (birdamlik)
ma’nolarini anglatadi.
Birxillashtirish eng katta texnik-iqtisodiy samaradorlikka eri-
shish maqsadida yangi ishlanmalar yoki oddiy qisqartirish (simpli-
fikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Unifikatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1) buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash,
tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muddatlarini
qisqartirish yo‘li bilan ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishini
tezlashtirish;
2) buyumlarni va ularning tarkibiy elementlarining o ‘zaro alma-
shinuvchanligi va yuqori sifatliligini ta’minlash;
3) buyumlarni loyihalash va tayyorlash xarajatlarini kamaytirish;
4) tayyorlash mashaqqatini kamaytirish.
Mashina va apparatlarda unifikatsiyalashgan detallar va uzellar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, loyihalash va tayyorlash, chizmalar soni,
yangi ishlab chiqilayotgan texnologik jarayonlar, loyihalanadigan
jihozlar miqdori shunchalik qisqarib boradi. Unifikatsiya ishlab
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va seriyali ishlab chiqa­
rishning oshishiga, yangi mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab
chiqarish tezligini ta’minlashga, maxsus ishlab chiqarishni tashkil

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin