Enabled – ruxsat etilgan;
o
Disabled – taqiqlangan
Keshlash uchun parametrlarni o‘rnatish •
System BIOS Casheable (BIOS tizimi sohasida keshlash) – bu parametrga
ruxsat etish kesh xotiradagi S7FFFH bo‘yicha S0000H li BIOS video
kartasining manzillari bo‘yicha xotira sohalarini keshlash imkonini beradi. Bu
parametrlarni faqat kesh xotiradan foydalanishga BIOS FEATURES SETUP
bo‘limida ruxsat etilgan holatdagina qo‘llash mumkin. Agar biror dastur shu
manzillarga yozish operatsiyasini bajarishga harakat qilsa, bunda tizim xatoga
yo‘l qo‘yilgani haqida xabar beradi. Ushbu ifodalarni qabul qilishi mumkin: o
Enabled – ruxsat etilgan; o
Disabled – taqiqlangan;
PCI, AGP shinalari, kiritish/chiqarish portlarini konfiguratsiyalash (joylash) va IDE nazoratchi parametrlarini o‘rnatish. •
Video Memory Cache Mode (video xotira uchun keshlash rejimi) – bu
parametr faqat Pentium Pro (Pentium II, Deshutes, va b.k) qurilishidagi
protsessorlar uchun joriy etiladi. Pentium Pro protsessorida keshlash rejimi
Memory type range registers – mtrr deb ataluvchi maxsus ichki registrlar orqali
xotiraning ma’lum sohasiga bog‘liq holda o‘zgartirish imkoni ko‘zda tutilgan.
Bu registrlar yordamida xotiraning aniq sohasi uchun US (UNCACHE –
Keshlanmaydi), WC (Write Combining – birgalikdagi yozuv), WP (Write
Protect – yozuvdan himoyalash), WT (write Through – boshdan oxir yozuv) va
WB (write bask – teskari yozuv) rejimlari o‘rnatilishi mumkin . USWC
(Uncashed, speculative, write, combining – keshlanmasin, birlashtirilgan yozuv
rejimi) ma’lumotlarni PCI shinasi orqali videokartaga ko‘chirishni sezilarli
darajada tezlashtirishga imkon beradi (8 Mb/secund o‘ringa 90 Mbit/secund
gacha ). Shuni hisobga olish kerakki, videokarta o‘zining A0000 – BFFF (228
Kb) dan boshlangan diapazondagi xotirasiga kirishiga yordam berishi va
kadrning chiziqli buferiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun, yaxshisi USWC
rejimini o‘rnatish, biroq biror muammo yuzaga kelgan holatda (tizimga ish
yuklanmasligi mumkin) yashiringan UC ifodani o‘rnatish kerak. Ushbu
ifodalarni qabul qilishi mumkin:
o