Xotira – ma’lumotlarni tezkor xotiradan o‘qish va bajarishga hozirlash
uchun ikkita 1-darajali va 2-darajali kesh xotiradan foydalaniladi.
Registr - bajariladigan buyruqlarni vaqtinchalik xotirada saqlash, tezkor xotira
adreslari va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi.
Arifmetik - mantiqiy qurilma ko‘p vazifali summator va ikkita yordamchi
registrdan tashkil topgan bo‘lib axborotlarni qayta ishlaydi.
Boshqaruv qurilma - mikroprotsessor ishlashi va shina orqali boshqa
qurilmalar bilan aloqa o‘rnatish uchun singnal ishlab chiqaradi.
Mikroprotsessorning
arxitekturasini
uning
so‘z
razryadi
va
mikroprotsessorning
ichki
axborot
shinalarinianiqlaydi.
Dastlabki
mikprotsessorlar 4 razryadli arxitekturaga ega bo‘lib, PEMPda 8 razryadli
mikroprotsessor qo‘llangan, hozirda esa arxitekturasi 16, 32, 64, 128 razryadli
mikroprotsessorlar qo‘llanmoqda. 4 va 8 razryadli mikroprotsessorlarda
komandalarni bajarish tartibi ketma-ket bo‘lib, unda bir operatsiya tugagandan
so‘ng undan keyingi operatsiyani bajarish boshlanadi. Ayrim 16 razryadli
arxitekturaga ega mikroprotsessorlarda komandalarni bajarish paralel usulda
amalga oshiriladi. U bir vaqtning o‘zida bir operatsiyani bajarish davomida
keyingi operatsiyani qayta ishlab xotirada saqlash xususiyatiga ega.
Xotiraning adres maydoni - adres registrining razryadi va
mikroprotsessorning
adres
shinalari
orqali
aniqlanadi.
8
razryadli
mikroprotsessorlarning adres registri 2 ta 8 razryadli registr, 16 razryadli
shinani tashkil etigan va 64 Kbayt adresni xotirada saqlaydi. 16 razryadli
mikroprotsessorlarda esa 20 razryadli adres registri ishlatiladi va 1
Mbayt adresni xotirada saqlaydi. 32 razryadli mikroprotsessorlarda esa 24 va 32
razryadli adres registrlari