Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


INTEL firmasining I 8088, I80286, I80386



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

INTEL
firmasining I
8088, I80286, I80386, 
I80486, I80486SX, I80486DX 
va R
entium
mikroprotsessorlaridir, ularning 
eng birinchi avlodlarida yaratilgan dasturiy vositalarni oxirgi modellarda ham 
bemalol qo‘llash mumkin. Takt chastota - bu mikroprotsessorning bir sekund 
oralig‘ida bajaradigan elementar operatsiya sonini ko‘rsatadi, shuni esda tutish 
kerakki, turli modeldagi mikroprotsessorlar bir vazifani bajaradi, lekin takt 
oralig‘ida turlicha bo‘ladi. Model qancha yuqori bo‘lsa u bir operatsiyani 
bajarishi uchun shuncha kam takt kerak bo‘ladi. Shuning uchun 
I80386
mikroprotsessori 
I80286
dan ikki barobar tez ishlaydi, o‘sha takt chastota 
hisobidan.
Mikroprotsessorning tiplari va tuzilishi.
Harqanday EHMning asosiy maqsadi informatsiyani qayta ishlashdan iborat 
bo‘lib biz bilamizki turli tipdagi informatsiyalar sonlar yordamida ifodalanadi.
Hisoblash mashinalarida sonlar bilan ishlash uchun maxsus qism 
mikroprotsessor qurilmasi mavjud bo‘lib u mantiqiy unversal qurilma 
hisoblanadi va mantiqiy matematik oddiy murakkab amallarni bajarish 
imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada qurilganligi tufayli uning hajmi 
uncha katta bo‘lmaydi.
Mikroprotsessorning quyidagi tiplari mavjud. 


P54 – bu mikroprotsessor 1993 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib adres shinasining 
razryadi 32 bit, ma’lumotlar shinasining razryadi 64 bitdan iborat. Bu 
mikroprotsessorda parallel ishlashga mo‘ljallangan U va V konveyrlar mavjud.

U konveyr arifmetik qurilmaning barcha instruksiyalar to‘plamidan tashkil 
topgan bo‘lib bu konveyr bir vaqtning o‘zida butun va o‘nli nuqtasi 
siljuvchi sonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.

V konveyr arifmetik mantiqiy qurilmaning cheklangan instruksiyalar 
to‘plamidan tashkil topgan. Bu esa superskalyar arxitekturali 
mikroprotsessorlarning asosiy xususiyati hisoblanadi.

Kristalda integratsiyalashtrilgan hajmi 16 Kbayt dan iborat bo‘lgan birinchi 
darajali kesh xotira joylashtrilgan bo‘lib u o‘z tarkibiga alohida kesh 
buyruqlari va ma’lumotlarni saqlaydi. Shu bilan birga ikkinchi darajali kesh 
xotira mavjud bo‘lib uning hajmi 256 Kbayt ni tashkil etadi.

Mikroprotsessor tarkibida modefikatsiyalangan o‘nli nuqtasi siljuvchi sonlar 
bilan ishlovchi hisoblash bloki mavjud bo‘lib u i80487 soprotsessorlarga 
nisbatan o‘n hissa ortiq tez ishlash imkoniyatiga ega.

Mikroprotsessorda ikkita tanlash buferikiritilgan bo‘lib buning natijasida 
dinamik bashoratning tarmoqlanishiga mo‘ljallangan texnologiya joriy 
qilindi.
P55C - Pentium MMX mikroprotsessor 1996 yildan boshlab ishlab 
chiqarilgan. Unda multimediya texnologiyasi, 2 va 3 o‘lchamli grafika 
texnologiyalari joriy etildi.

Buyruqlar va ma’lumotlar uchun kesh xotiraning hajmi 16 Kbaytga 
oshirilgan ya’ni birinchi darajali kesh xotiraning hajmi 32 Kbaytga yetdi. 
Ikkinchi darajali kesh xotira 512 Kbaytga yetdi.

Ma’lumotlar shinasi 64 bitni tashkil etdi. Multimediya ma’lumotlarni qayta 
ishlash uchun multimediya texnologiyalari joriy etildi, ya’ni arifmetik-
mantiqiy qurilma tarkibiga yangi multimediya bloklari qo‘shildi.
P6 – Pentium Pro mikroprotsessorda 3 talik superskalyar arxitektura joriy 
etildi, ya’ni bir takt chastotada 12 ta instruksiyani bajarish imkoni–yatiga ega 
bo‘ldi. Buning natijasida 3 - konveyr qo‘shildi. Shu bilan birga instruksiyalrni 
bajarishda dinamik qo‘llab quvvatlash joriy etildi.

Adres shinasida razryadlar soni 36 gacha oshdi. Ma’lumotlar shinasi 64 
razryadli. Birinchi darajali kesh xotira hajmi 16 Kbayt, ikkinchi darajali 
kesh xotira hajmini 1024 Kbayt gacha oshirish imkoniyatiga ega.

Bu mikroprotsessorlarda buyruqlarni dinamik bajarish texnologiyasi joriy 
etilgan.
Pentium II mikroprotsessori 1997 yildan boshlab ishlab chiqarildi. Unda 
asosan Pentium Pro va Pentium MMX mikroprotsessorlarining texnologiyasi 
va ba’zi bir xususiyatlari umumlashtirilgan.

adres shinasi 36 razryad, ma’lumotlar shinasi 64 razryaddan iborat.



birinchi darajali kesh xotiraning hajmi 32 Kbayt, ikkinchi darajali kesh 
xotira 
kristall 
tarkibidan 
ajratilib 
alohida 
mikrosxema 
sifati–da 
mikroprotsessor platasida joylashtirildi.
Uning hajmi 512 Kbayt.

MMX instruksiyani bajarish uchun yangi blok joriy etildi.

Ko‘p protsessorli sistemada ikkita protsessorni birlashtrish imkoniyati 
tug‘ildi.

O‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ikkita - ma’lumotlar va sistema shinalari joriy 
etildi. Birinchi shina ikkinchi darajali kesh xotiraning tezkor xotiradan 
ma’lumotlarni o‘qishiga mo‘ljallangan. Ikkinchisi sistema shinasi 
mikroprotsessordan qayta ishlangan buyruqlarni qurilmaga uzatish uchun 
mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda mikroprotsessorlarni ishlab chiqarishning ikki arxitekturali 
yo‘nalishi mavjud:
RISS arxitekturali
CISS arxitekturali
RISS arxitekturali mikroprotsessorlar statik tahlil natijasida aniqlangan zaruriy 
buyuruklarni katta bo‘lmagan to‘plami bilan ishlashga mo‘ljallangan. Unda 
barcha buyruqlar bir xil formatga ega bo‘lib operand yordamida ishlaydi. Bu 
mikroprotsessorlarda buyruqlar mayda informatsiya–larga bo‘linadi va 
konveyrda tez bajarish imkoniyati tug‘iladi. Shuning hisobida amal bajarish 
tezligi Ciss mikroprotsessoriga nisbatan 2-3 hissa oshiq bo‘ladi.
RISC protsessorning asosiy ustunligi uning apparatli boshqarishidadir. 32 
bitlik RISC protsessorlarini ishlab chiqarish dastlab faqat INMOS va ACORN 
firmalari tomonidan amalga oshiriladi. 32 bitlik i80386 mikroprotsessori 
MS8020 va MS28000 protsessorlaridan xotirani boshqarish va buyruqlar uchun 
kesh xotiradan foydalanish texnologiyalarini o‘zlashtirdi. Ushbu xotara haqida 
juda tezkor kesh xotira markaziy protsessorda joylashgan. Ko‘pchilik 
dasturlarda xotirani bir adresga va faqat shunga murojaat etish tendensiyasi 
kuzatiladi. Kesh xotirada ushbu adreslar tarkibi saqlanadi. Dasturning bajarilish 
paytida ushbu adreslarning tarkibi kerak bo‘lsa, kesh xotira o‘zada saqlayotgan 
elementlar bilan markaziy protsessor so‘rayotgan adresning mos yoki mos 
emasligini tezda tekshiradi. Agar moslik aniqlansa adres sekin ishlaydigan 
asosiy xotiradan emas, balki kesh xotiradan o‘qiladi. Kesh xotiraning tipik 
hajmi 4 Kbaytdan 32 Kbaytgachani tashkil etadi, 32 bitli protsessor uchun 
kiritilgan xotirani boshqarish dasturlarini himoyalash va turli xil ma’lumotlar 
va dasturlar orasida xotiraning taqsimlanishi uchun xizmat qiladi. Ushbu 
qurilma markaziy protsessorda joylashishi yoki alohida mikrosxemada bo‘lishi 
mumkin. Xotirani boshqarish qurilmasi markaziy protsessor yaratadigan 
mantiqiy adreslarni xotiraga yuborishga fizik adreslarga almashtiradi. Barcha 
32 razryadli mikroprotsessorlar soprotsessorlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Soprotsessorlarning barchasi IEFE P754 standartini qanoatlantiradi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin