6.6. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi. lizin g muomalalari hisobining xususiyatlari Buxgalteriya hisobi 6-son «Ijara hisobi» milliy andozasiga
binoan quyidagi turlarga b o ‘linadi:
1. Lizing (moliyaviy ijara) — ijara munosabatlarining alohida
turi b o ‘lib, unda lizing beruvchi, lizing oluvchi va mulkni sotuvchi
to m o n sh artno m a asosida 12 oydan oshiq m uddatga lizing
oluvchiga to ‘lov asosida m ulkdan foydalanish va egalik qilish
munosabatlari belgilanadi.
Bunda: a) lizing shartnomasi muddati tugagach, obyekt lizingga
oluvchi mulkiga aylanadi;
b) lizing obyektining xizmat muddati 80 foizni tashkil etishi
va lizing shartnomasi tugashida uning 20 foiz dastlabki qiymati
qolishi;
c) lizing shartnomasi tugagach, lizing oluvchi mulkni sotib
olish huquqiga ega;
d) lizing to ‘lovi lizing shartnom asi davrida lizing obyekti
qiymatining 90 foizi atrofida b o ‘lishi.
2. Uzoq muddatli ijara - ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga
bitim asosida mulkka egalik qilish va foydalanishga 12 oydan
oshiq muddatga to'lov asosida berishi.
3. Qisqa muddatli ijara - ijaraga beruvchining ijaraga oluvchiga
bitim asosida m ulkka egalik qilish va un d an foydalanishga
12 oygacha to ‘lov asosida berishi.
4. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) — ijarachi (lizingga
oluvchi) ijaraga (lizingga) beruvchining roziligi bilan ijaraga
(lizingga) beruvchining oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan
javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulk (lizing obyekti)-
ning boshqa u ch in ch i shaxsga ikkilam chi ijara (ikkilam chi
lizing)ga topshiradigan shartnom a munosabati.
113
Yuqorida keltirilgan lizing m unosabatlar buxgalteriya hisobida
ayrim adabiyotlarda (18, D.) ta ’kidlanganidek quyidagicha aks
ettiriladi: