Baxrom Xolmurodovich Xaydarov Sirojiddin Abduvalievich Saitov


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 64,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü64,76 Kb.
#179634
1   2   3   4   5   6   7
raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-afzalliklari-amaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-151-156 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
153
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
juda katta naf ko„rishmoqda 
Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo„lgan 
qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va 
biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud 
iqtisodiyotni yangicha tizimga ko„chirish deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari 
quyidagilardan iborat: 
• yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
• elektron hujjat almashinuvi; 
• buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; 
• ma‟lumotlar elektron bazalari; 
• CRM (mijozlar bilan o„zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
• korporativ tarmoqlar.
Qulayliklari esa:
1. To„lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo„lkira 
va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko„proq va tezroq ma‟lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish 
imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste‟molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal 
takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq. 
Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo„lib, uning asosiy maqsadi 
ma‟muriy tartib va taomillardan o„tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini 
oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. 
Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek
mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay 
imkoniyatlar yaratish, byurokratik to„siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi 
samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko„zlangan 
maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli 
texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy 
konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo„lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo„shimcha 30 foizga o„stirish imkoni yaratilishi 
kutilmoqda.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida 
O„zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. 
Tadqiqotlar natijalariga ko„ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi 
raqamli 
sohada 
bo„lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo„yicha O„zbekiston 170 dan 
ortiq davlat ichida 103-o„rinni egallab turishining o„zi 
mamlakatimizda bu sohada hali o„z yechimini kutayotgan 
masalalar va qilinishi lozim bo„lgan ishlar ko„pligidan dalolat 



Yüklə 64,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin