Umumiy qoidalar


-modda. Ishtirokchilikning shakllari



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

29-modda. Ishtirokchilikning shakllari
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh,
jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi
oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi
murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir
guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarorining 
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir
necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 12-
bandining 
uchinchi xatboshisi
.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun
oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
bajaruvchini
javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda
a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun
javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar
shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning
jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir
etgan shaxs javobgar bo‘ladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning
oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi, jinoyatda


ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 28-
moddasining 
ikkinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-
bandining 
oltinchi xatboshisi
, 14-bandining 
ikkinchi 
va 
uchinchi xatboshilari 
hamda 
20-bandi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin