VI bob. Tamom bo‘lmagan jinoyat 25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit
yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar
to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra
oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24- sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3- bandi . Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun
javobgarlik ham ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni
belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5- maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi . 26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita
qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek
jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining
oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 28- moddasining ikkinchi qismi . Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida
boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka
tortiladi.