Umumiy qoidalar


-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan
bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
 beshinchi xatboshisi
.
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir
etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini
bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan
qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsagina, u javobgarlikka
tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli
tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish
jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
 beshinchi xatboshisi
.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq
kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs
huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun
tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy foydali
natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi
mumkin bo‘lgan foydali natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka
sabab bo‘lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan
kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini
tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog‘liq holda
bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish
uchun asos bo‘lmaydi.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuniga
 asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin