Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga
jismoniy yoki ruhiy
majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida
zarar yetkazganlik
uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish
oqibatida
shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu
Kodeks
38-moddasining
qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
(41 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
TO‘RTINChI BO‘LIM
JAZO VA UNI TAYINLASh
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi
bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan
mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish
hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir
etishining oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi.
43-modda. Jazo tizimi
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan
quyidagi asosiy jazolar
qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
44-moddasi
.
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
45-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
b ) majburiy jamoat ishlari;
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan
“b ” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v) axloq tuzatish ishlari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
46-moddasi
.
g) xizmat bo‘yicha cheklash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
47-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
(43-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
d ) ozodlikni cheklash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
48 -moddasi
.
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuniga
asosan
“d ” band bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
e) intizomiy qismga jo‘natish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
49-moddasi
.
j) ozodlikdan mahrum qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
50-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
1
1
1
1
1
1
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
51-moddasi
.
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi
O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus
unvondan mahrum qilish
tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
52-moddasi
.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy
xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat
asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha
jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: