Umumiy qoidalar


-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning
korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu
faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi
sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
1


Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan
besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha
muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan
bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
tegishli moddasida nazarda
tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga
jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun
muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo
boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm
qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(45-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga
yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.
(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuniga
 asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
6-bobi 
(“Muayyan huquqdan
mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
41

43-
bandlari
, 47-bandining 
birinchi xatboshisi
, 51-bandining 
beshinchi xatboshisi

56 -bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin