22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
46-modda. Axloq tuzatish ishlari Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat
daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo
sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi
organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador
ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) Oldingi tahrirga qarang. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib
o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining
o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan
muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
(46-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539 , 541-moddalari , 542- moddasining uchinchi qismi , 545-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18 — 23-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi .