Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun
va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun
ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-
dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan
almashtirilgan shaxslar ham
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga
hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta
og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga
nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan
jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir
etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum
etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga
nisbatan,
shuningdek
qonunchilikka
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega
bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini
ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan
qismi muddatiga
umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
IV bo‘limi
(“Ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).