LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi
qarorining
28-bandi
.
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida
arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki
jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud
boshqa jihatdan qaramlik
sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli
vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir
etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri
ostida jinoyat sodir
etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham
yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
7-
bandi
.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks
Maxsus qismining
moddasida jinoyat tarkibining
zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: