Umumiy qoidalar


-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan
qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan
shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 
1-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-
sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
16-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi
20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
13 -bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
66-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir
etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon
bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 
2-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-
sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
16-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi
20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
13 -bandi
.
2
1
1


Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat
sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda javobgarlikdan ozod
qilinishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 
8-
bandi
.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli 
Qonuni
tahririda
— O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin