22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
66 -modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeks 105-moddasining
birinchi qismida
(qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazish),
106-moddasida
(kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki
o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
107-moddasida
(zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib,
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish),
108-moddasida
(ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast
yetkazish),
109-moddasida
(qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining
birinchi
qismida
(qiynash),
111-moddasida
(ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
yetkazish), 113-moddasining
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni
tarqatish),
115-moddasida
(ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-
moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada
bajarmaslik), 117-moddasining
birinchi qismida
(xavf ostida qoldirish), 121-moddasining
birinchi
qismida
(shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish),
122-moddasida
(voyaga yetmagan yoki
mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash),
123-moddasida
(ota-onani
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining
birinchi qismida
(farzandlikka olish sirini
oshkor qilish), 126 -moddasining
birinchi
,
ikkinchi
,
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
(oilaviy
(maishiy) zo‘ravonlik),
136-moddasida
(ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga
tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining
birinchi qismida
(zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy
ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(tuhmat),
140-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(haqorat qilish), 141 -moddasining
birinchi
qismida
(shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141 -moddasining
birinchi qismida
(shaxsga doir
ma
�
lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish),
143-moddasida
(xat-yozishmalar, telefonda
so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish),
148-
moddasida
(mehnat qilish huquqini buzish),
149-moddasida
(mualliflik yoki ixtirochilik
huquqlarini buzish), 167-moddasining
birinchi qismida
(o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-
toroj qilish), 168-moddasining
birinchi qismida
(firibgarlik), 169-moddasining
birinchi qismida
(o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “
b
” va “
v
” bandlarida
(aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish),
172-moddasida
(mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining
birinchi qismida
(mulkni
qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish),
180-moddasida
(soxta bankrotlik),
181-
moddasida
(bankrotlikni yashirish),
185 -moddasida
(elektr, issiqlik energiyasi, gaz,
vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),
189-moddasida
(savdo yoki xizmat ko‘rsatish
qoidalarini buzish),
191-moddasida
(qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki
undan
foydalanish),
192-moddasida
(raqobatchini
obro‘sizlantirish),
229-moddasida
(o‘zboshimchalik), 256-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(tadqiqot faoliyatini amalga
oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining
birinchi qismida
(mehnatni muhofaza
qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining
birinchi qismida
(tog‘-kon, qurilish yoki portlatish
ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining
birinchi qismida
(yong‘in xavfsizligi
qoidalarini buzish), 260-moddasining
birinchi qismida
(temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo
transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining
birinchi qismida
(transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini
buzish), 268-moddasining
birinchi qismida
(transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir
qoidalarni buzish), 277-moddasining
birinchi qismida
(bezorilik), 298-moddasining
birinchi
qismida
(mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan
jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va
yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
1 1
1
2
2
(66 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining to‘rtinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25- oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori . (66 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)