22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash Shaxs
Maxsus qismning
turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni
sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning
54-
moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra
tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki
qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir
bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash
yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda
uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p
jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir
jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada
tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 51- bandi . Oldingi tahrirga qarang. Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi
jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash
orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14- noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 6-bandlari . Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash
orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6- son, 248-modda) Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda
ushbu Kodeksning
61-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi
uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun
tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum
qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning
45-
moddasida
nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 52- bandi . Oldingi tahrirga qarang. Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha
chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo
o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan
jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shib hisoblanadi.
(59-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 53- bandi .
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)