Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

56-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning
yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga
nisbatan;
d) o‘ta shafqatsizlik bilan;
e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan
holda;
(56-modda birinchi qismining “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-
567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud
ommaviy tartibsizliklar jarayonida;


k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud
jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat
sodir etishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining
aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
(56-moddaning birinchi qismi “o” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-
503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-
son)
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat
deb topishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
8-
bandi
.
Ushbu holatlar Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi
sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin