18-modda. Aqli rasolik Oldingi tahrirga qarang. Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini
anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy holati
surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda
buzilganligi sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki
ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining yettinchi bo‘limi (“Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari”), O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi . LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori . Oldingi tahrirga qarang. 18 -modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining
(harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan
aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud
tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
1
1
1
1
1
1
(18 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)