b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p
miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga
kiritishga hokimiyat yoki
mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda
iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunining
11-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5-yanvardagi 2-sonli “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning
aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarorining
8-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-sentabrdagi 444-sonli
“Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan
tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining
6
va
7-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalarining
V bo‘limi
(“Alkogol va tamaki mahsulotlari
bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”), O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-
fevraldagi 88-sonli qarori bilan tasdiilangan Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol
mahsulotlarini sotish faoliyatining
pasporti
.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil O‘RQ-93-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: