Umumiy qoidalar


 -modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

186 -modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni
o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori
vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida
realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori
vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish
(186 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son — 2020-yil 23-
oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish
maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori
vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya
qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(186 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi
O‘RQ-629-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y.,
03/20/629/1087-son — 2020-yil 23-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2
3
3
3
3
3


Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha
chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y.,
03/20/629/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi — to‘rtinchi qismlari 
tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar
mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(187-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son 
Qonuniga 
asosan
chiqarildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin