Umumiy qoidalar


 -modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

216 -modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(216 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur
tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a’zolari
tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi
bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va
o‘tkazish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(216 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 240-
moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi
Qonunining 4-moddaning 
uchinchi qismi
, 7-modaning 
beshinchi qismi
, .
1
1
1
1
1
2
2
2


Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
(prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(216 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 240-
moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining 
ikkinchi qismi
.
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuniga 
asosan 216 -modda
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin