Umumiy qoidalar


XIX bob. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XIX bob. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish
Taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida
giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki
yetishtirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(270-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;


b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(270-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
v) katta ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(270-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3

16-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin