Umumiy qoidalar


-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

273-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa
harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish
(273-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini
ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki
jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish —
(273-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq
miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash joylarida;
g) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport va jamoat tadbirlarini
o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda
yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan
foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday
vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash,
shuningdek ushbu moddaning 
ikkinchi
yoki 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
(273-moddaning to‘rtinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda
qonunga xilof ravishda sotish —
(273-moddaning beshinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z
ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(273-moddaning oltinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining 
uchinchi xatboshisi
,
21 — 28-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli
“Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 17-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini
buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining 
birinchi xatboshisi
.
(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son 
Qonuni 
tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin