Umumiy qoidalar


-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

269-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash qoidalarini buzish
Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash qoidalarini buzish, ya’ni avtomobil
yo‘llarida va shu yo‘llar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti


kommunikatsiyalari o‘tkazish, ularni ta’mirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va
muddatlariga rioya qilmaslik, o‘zboshimchalik bilan arklar, to‘siqlar, shlagbaumlar yoki boshqa
inshootlar o‘rnatish, yo‘llarga material va boshqa narsalarni uyub qo‘yish, yo‘l ustini buzish
badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(269-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(269-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlarning o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
5-bobi 
(“Avtomobil yo‘llaridan foydalanish), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish 
qoidalari
”..
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi
,
8

10

11-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin