22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang. b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish
tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
(78-moddaning “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish
yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
Oldingi tahrirga qarang. g) ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
(78-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) d) besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan
keyin — to‘rt yil o‘tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
j) o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18- sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining birinchi , ikkinchi , to‘rtinchi xatboshilari , 5- bandining birinchi xatboshisi , 7 — 11 , 13-bandlari .