22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish 87-modda. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs,
agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini
e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa,
javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari bo‘yicha komissiyada ko‘rishga topshirilishi
mumkin.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 3- bandi . Oldingi tahrirga qarang. Besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda
tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning
birinchi
qismida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan
majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shart.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 564-moddasi . (87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-10-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda) Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va
sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o‘rniga majburlov
chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori .