22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
90-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish Oldingi tahrirga qarang. O‘n sakkiz yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish,
ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning
o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan jazo
turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol
munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo
muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab bo‘linganidan keyin qo‘llanilishi
mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining uchinchi qismi va 164- moddasi . (90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi
axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki
ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi
o‘tab bo‘linganidan keyin ushbu Kodeksning
89-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangi
jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning
60
va
86-moddalarida
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(90-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining uchinchi qismi , “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari .