muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki
yilgacha tayinlanadi.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat
sodir etgan shaxslarga
nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha
muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n
besh yilgacha
muddatga tayinlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga
nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan
mahrum qilish jazosining
muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari
jazosi tayinlanganda
sud ushbu Kodeksning
72-moddasida
nazarda tutilgan asos va shartlar
mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
9
va
10-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: