O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar
tomonidan majburiy jamoat
ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa,
olti oy
davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan
taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin
tovlagan taqdirda, sud
majburiy jamoat ishlarining
o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki
ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin
tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy
jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
(82 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
83-modda. Axloq tuzatish ishlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish
joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini
nazorat qiluvchi organlar
belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir
yilgacha muddatga tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
12
va
18
— 23-bandlari
.
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan
ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq
tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki
ozodlikdan mahrum qilishning
bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki
ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi
539
,
541-moddalari
, 542-
moddasining
uchinchi qismi
,
545-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
5-bobi
(“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining
67-moddasi
.
(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: