80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va
qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod
qilingan yoxud jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati muddatidan
ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‘i bilan almashtirilgan jazoning amalda o‘tab bo‘lingan
qismidan hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksning
44
,
46-moddalari
asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud
boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan
yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat
sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan
jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy
va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18- sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7 — 10-bandalri . OLTINChI BO‘LIM VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI XV bob. Jazo va uni tayinlash