LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining
16-moddasi
.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari alkogolizmga, giyohvandlikka
yoki zaharvandlikka
yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan
jazolash
bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi
sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
(91-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining
40-moddasi
.
92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar
yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay
olmaydigan yoki ularni
boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u
o‘zining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘dirsa,
sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3
va
4-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 11-
bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Dostları ilə paylaş: