“Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 5-son



Yüklə 189,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü189,35 Kb.
#179770
1   2   3   4
abiotik-omillar-va-ularning-o-simlik-jamoalariga-ta-siri

gigrofitlar, 
mezofitlar,va kserofitlar. 
Ba'zi adabiyotlarda esa 5 ta ekologik gruppaga ajratib 
berilgan bo‘lib, ularga: 
gidrotafitlar,, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar va 
kserofitlar. 
Gidrotafitlar – hayoti faqat suvda o‘tuvchi suv o‘tlari. 
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvning ustida o‘suvchi o‘simliklar (nilufar, 
qamish, zubturum). 
Gigrofitlar – suv ortiqcha bo‘lgan botqoqlarda o‘suvchi o‘simliklar (savag‘ich, 
qiyoq, sholi, tropik o‘simliklar). 
Mezofitlar – namlik yetarli bo‘lgan joylarda o‘suvchi o‘simliklar, o‘rmon, o‘tloq 
o‘simliklari, g‘o‘za, beda, qovun, tarvuz, pomidor kabi o‘simliklar. 
Kserofitlar – hayotida suvga muhtojlikni bir marta his qiluvchi, ildizi chuqurga kirib 
boruvchi o‘simliklar. Shuvoq, saksovul 16-18m, yantoq 18m, chalov, beda 16-18m, 
juzg‘un, psta kabi o‘simliklar. 
Suvda yashovchi o‘simliklarning suv ostidagi barglarida ustisalar yaxshi taraqqiy 
etmagan bo‘lsa, suv ustidagi barglarida ularning 1mm
2
dagi soni 648 tagacha yetadi. 
Bunday o‘simliklarning tanasini 70% havo saqlovchi hujayralardan tashkil topadi. 
Ularda o‘tkazuvchi naylar kam rivojlangan mexanik to‘qimalar esa yo‘q bo‘ladi.


118 
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
Havo. 
Atmosfera havosi Yerning ma’lum qobig‘i sifatida narcha tirik organizmlar 
uchun, jumladan o‘simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik faktor 
hisoblanadi. Atmosfera havosi o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonini CO2 
va nafas olish uchun O2 bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi. Atmosfera 
havosining tarkibi, deyarli bir xil bo‘lib, o‘simliklar tarqalgan barcha mintaqalarda 
78,1% azot, 21% kislorod, 0.032% karbonat angidrid, 0,9% inert gazlaridan 
iboratdir. Olimlarning ta’kidlashicha, 2 mln. yilda yerga deyarli hamma suv 
(taxminan 1,5mlrd.km
3
) «parchalanish- qaytarilish» sklidan o‘tib, «fotosintez-nafas 
olish» holatini bosib o‘tadi. Ajralgan kislorod stmosfera kislorodini tashkil etadi. 
Atmosfera tarkibida doimiy bo‘lmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari 
ham o‘simlikning o‘sishga, rivojlanishiga katta ta’sir korsatadi. Tutun va sanoat 
gazlariga bo‘lgan sezgirlik, o‘simlik turlariga qarab har xildir. Tog‘ terak va 
tilog‘och buni tez sezadi va o‘sishi sekinlashadi, ko‘p holda nobud bo‘ladi.
Shamol.
O‘simliklarda shamol ta’sirida transpiratsiya kuchayadi, turli darajada mexanik 
ta’sirlanadi. Urug‘ va mevalarning tarqalishiga yordam beradi. Shamolning holati 
va tezligi joyning relefi, shakli, o‘simliklar qoplami joylashgan o‘rniga qarab 
o‘zgarib turadi. Qalin o‘simlik qoplamlarida, o‘rmonlarda shamol 85% gacha 
sekinlashadi. O‘simliklar qoplamining zichligi shamol eroziyasining oldini oladi. 
Sun’iy daraxtzorlar tashkil qilish shuning uchun ham katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 189,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin