“Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 5-son



Yüklə 189,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü189,35 Kb.
#179770
1   2   3   4
abiotik-omillar-va-ularning-o-simlik-jamoalariga-ta-siri

Key words:
photosynthesis, anatomy, morphology, chlorophyll, mesophyll, 
epidermal cuticle, photoperiodism, atmosphere, carbon dioxide, oxygen, inert gases, 
transpiration 


114 
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
ASOSIY QISM. 
Abiotik omillar – anorganik tabiatning tirik organizmlarga bevosita yoki 
boshqa omillar orqali ta'sir ko‘rsatadigan xususiyatlardan iborat. Harorat, namlik, 
yorug‘lik, havo bosimi, sho‘rlanish, suv oqimi, shamol, radioaktiv nurlanish, joy 
reylefi va boshqalar abiotik omillar hisoblanadi. Yorug‘lik asosiy abiotik omillardan 
biri hisoblanib, o‘simliklarning hayotiy faoliyatida katta ta’sir ko‘rsatadi. Fotosintez 
faqat yorug‘dagina ro‘y beradi, shu boisdan fotosintezlovchi o‘simliklar 
yorug‘dagina mavjud bo‘ladi. Odatda, o‘simliklar bargiga tushadigan quyosh 
nurining faqat 1% i o‘zlashtiriladi, qolgan qismi qaytariladi yoki issiqlik sifatida 
tarqaladi. O‘simlik faqat tik tushgan yorug‘likni emas, tarqoq holda tushgan 
yorug‘likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorug‘lik o‘simlikning xlorofill 
donachalari va sitoplazmasini o‘ldirib, o‘simlikka salbiy ta’sir qiladi. Tarqoq 
tushgan yorug‘lik foydali bo‘lib, o‘simlik bilan yorug‘likni to‘liq o‘zlashtiradi, 
sababi tarqoq tushgan yorug‘lik sariq-qizil nurlardan iborat bo‘ladi. Yer sharining 
har bir zonasida yorug‘lik sharoiti o‘ziga xos bo‘ladi. Cho‘l, dasht, baland tog‘ 
mintaqalari yorug‘lik bilan kuchli ta’minlangan bo‘lsa, aksincha g‘or va havzalar 
yorug‘lik bilan kam ta’minlanadi. Shuning uchun ham har bir joyning yorug‘likka 
nisbatan moslashgan o‘simlik turlari mavjud bo‘ladi. O‘simliklarni yorug‘lik 
miqdoriga bo‘lgan talabiga bog‘liq holda, hamda o‘simlik organizmida yorug‘lik 
ta’siridagi anatomiya – morfologiya xususiyatlariga ko‘ra 4 ekologik guruhlarga 
bo‘linadi.
Geliofitlar – yorug‘sevar o‘simliklar, ularda konpensatsiya nuqtasi yuqorida 
turadi, zero, fotosintez jarayoni nafas olish jarayonidan ustunlikga ega. Chunki 
yoritilish kuchli bo‘lganda, ortiqcha yoritilish unga to‘sqinlik qilmaydi. 
Geliofitlarda novdalar sekin o‘sadi. O‘suvchi kurtaklarning faolligi kam. Buning 
natijasida ular past bo‘yli bo‘ladi. Tog‘ sharoitida yostiq shakliga ega. Barglar 
odatda qalin, tig‘iz, epidermik hujayralarda xloroplastlari bo‘lmaydi. Yaproqning 
quyosh nuri tushib turadigan yuqori epidermisi kutikula bilan qoplangan. Novdada 
gorizontal joylashgan yaproqlarda mezofill ustunsimon va g‘ovak parenxima yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Mezofildagi hujayralararo oraliq kichkina hujayralardagi 
xloroplastlar mayda, ancha ko‘p bo‘ladi. 
Ssiofitlar – issiqsevar (soyasevar) o‘simliklar, ularda fotosintez jarayoni nafas 
olishdan tezroq ro‘y beradi. Bu jarayon yoritilish boshlanishi bilanoq boshlanadi. 
Quyosh yorug‘ligi kuchli ta’sir qilib fotosintezni pasayishiga olib kelishiga qaramay 
bu jarayon tez amalga oshadi. Bu o‘simliklar qisqa muddat yoritilganda, yorug‘lik 
kam bo‘lganda boshqa vaqtlarda ham kompensatsiya nuqtasidan past bo‘ladi. Ssiofit 


115 
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
o‘simliklarda barglar yupqa, ularning epidermik hujayralarida xloroplastlar mavjud. 
Yaproqning yuqori tomoni epidermik kutikula bilan qoplangan. Yaproq mezofilida 
tabaqalashuv aniq namoyon bo‘lmaydi, ustunsimon va g‘ovak parenxima to‘qima 
aniq ifodalanmagan. Mezofildagi hujayralararo oraliq katta, katta hajmli 
hujayralarda xloroplastlari yirik, ular ko‘p emas. 
Fakultetiv ssiofitlar umbropatientlar ham deyilib, ular soyasevar o‘simliklar 
hisoblanadi. Bu guruh o‘simliklar kuchli yoritilish hamda uzoq muddat davomida 
soyaga ham o‘sa oladi. Bu guruh o‘simliklarning ko‘pchiligi ekologik katta 
plastiklikka ega. Bu guruh o‘simliklar fotosintez jarayoni yoritilish kam bo‘lganidan 
boshlaboq nafas olishdan yuqori turadi. Yoritilish jadalligi ortishi bilan ham 
fotosintez pasaymaydi.
Ageliofitlar – quyosh yorug‘ligi bilan yoritilishiga muhtoj bo‘lmagan o‘simliklar. 
Ular tekinxo‘rlar va saprotroflar. 
Yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo‘ladi. 
Shimolda yorug‘lik intensivligi kuchsiz bo‘ladi. Yoritilish muddati uzoq bo‘ladi. 
Janubda esa kun ancha qisqa bo‘ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo 
yorug‘lik intensivligi yuqori bo‘ladi. Shimolda yorug‘lik intensivligi kam bo‘lib, 
uzoq muddat yorug‘likning davom etishi u yerdagi o‘simliklarning o‘suv 
rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli o‘simliklar deb atashga mos 
keladi. Bug‘doy (Triticum L), javdar (Secal cereale L) kabi boshoqli o‘simliklar, 
sebarga (Trifolum pratense L), sachratqi (Cichorium intybus L), sapsargul (Iris L) 
kabilar misol bo‘ladi. O‘simliklarga uzun kun va tun almashinishi, yorug‘lik va 
qorong‘ulikning ko‘rsatgan ta’sirini amerikalik olimlar Garner va Allard tajribada 
o‘rganib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha, kun 
uzunligi yoki yorug‘lik 12 soatdan kam bo‘lsa uzun kun o‘simliklar gullamaydi, 
gullagan taqdirda ham ancha kech gullaydi. Qisqa kunli o‘simliklarning (kun 
uzunligi 12 soatdan kam bo‘lgan sharoitdagi o‘simliklar) rivojlanishi qisqa kun 
uzunligida yaxshi o‘tadi. Qisqa kunli o‘simliklar ham uzun kunda (yorug‘lik 12 
soatdan ko‘p bo‘lganda) gullamaydi, ba’zan juda kech gullaydi. G‘oza (Gossypium 
herbaceum L), tariq (Panicum millaceum L), bodring (Cucumis sativus L), 
makkajo‘xori (Zea mays L), qovun (Melo orientalis (S. Kudr) Nab), kungaboqar 
(Heltanthus annuus L), mavrak (Salvia sclarea L yoki S. Deserta) qisqa kunli 
o‘simliklardir. Qisqa kunli o‘simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik 
o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm – bo‘yning haddan tashqari 
o‘sib ketishi ro‘y beradi. Bundan tashqari Larix decidua o‘simligi uchun minimum 
yorug‘lik kunduzi jami yoritilishdan 20% yetarli hisoblangan holda, Picea abies 


116 
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
uchun 3% gina yetarli bo‘ladi. Aynan ana shu ko‘rsatkichlar katta daraxtlar bilan 
birgalikda o‘sadigan o‘simliklarning yorug‘lik rejimini belgilaydi.
Harorat (issiqlik). 
Issiqlik – ekologik omillarning muhimlaridan biri hisoblanib, o‘simliklarning 
kurrai zaminimizda tarqalishini ta’minlaydi. Kurrai zaminimizdagi o‘simliklar 
uchun faol hayotlarini ta’minlashda umumiy harorat diapozoni tor doirada- +55°C 
dan – 70°C gacha oralikdan iborat. Bunda issiqning umumiy miqdoridan tashqari 
uni kun davomida taqsimlanishi ham muhim ahamiyatga ega, uni harorat rejimi 
deyiladi. Ammo Antarktidada 70°C dan past haroratda ham ayrim lishayniklar, 
suvo‘tlar yashaydi. Atrof-muhitdagi harorat-issiqqa nisbatan munosabatiga ko‘ra, 
barcha o‘simliklar 2 guruhga bo‘linadi: evritermlar va stenotermlar.
Evriterm o‘simliklar bu omilga ko‘ra, keng ekologik amplitudaga ega va shunga 
ko‘ra, ular atrofdagi harorat ko‘rsatkichining katta o‘zgarishiga moslasha oladilar. 
Bunga odatda, turli fiziologik moslashuv mexanizmlari imkon beradi. Bu holat, 
o‘simlik hujayrasi protoplazmasining kimyoviy tarkibi, fermentlarining issiqqa 
chidamligi kabi bir qator omillar sabab bo‘ladi.
Stenoterm o‘simliklar tashqi muhit haroratida deyarli o‘zgarishlar ro‘y 
bermaydigan muhit sharoitlarida o‘sadi. Tropiklardagi o‘simliklarning ko‘pchiligi 
stenoterm hisoblanadi. Yer sharining janubiy kengliklarida o‘sadigan g‘o‘za 
(Cossypium blanco), apelsin (Citrus sinensis, Osl), limon (Citrus limon Burm) kabi 
o‘simliklar issiqsevar o‘simliklar bo‘lib, yuqori darajali issiqlikda yaxshi o‘sib 
rivojlanadi. O‘zbekiston cho‘llarida o‘suvchi kovul (Capparis spinosa L), yantoq 
(Alhagi sparsifolla Shop), saksovul kabi o‘simliklar ham jazirama issiqda bemalol 
o‘sib rivojlanadi. Yuqori issiqqa ega bo‘lgan sharoitda o‘suvchi o‘simlik turlari 
evolyutsiya jarayonida hujayrasi issiqlikka chidamli bo‘lib borish bilan birga boshqa 
bir qancha moslanish xususiyatlariga ham ega bo‘lib borgan. Xususan, vegetativ 
organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan, 
o‘zidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bo‘lgan, tinim davriga 
o‘tishga moslashgandir. Shunday bo‘lsada, o‘ta kuchli issiqlik o‘simlikning nobud 
bo‘lishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom 
etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bo‘lib o‘tganda kuzatiladi. 
O‘simliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi o‘suvchi kurtaklarning hazon qatlami 
va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. O‘simliklarning bunday 
xususiyatlaridan Raunkler hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan.
Sovuqsevar o‘simliklar eng past haroratda o‘sishga moslashgan yoki o‘sish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘simliklardir. Yer sharining shimoliy kengliklarida 


117 
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
o‘suvchi qarag‘ay (Pinus silvestris), tilog‘och (Larix sibirica), qoraqarag‘ay (Picea 
schrenkiana) kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Issiqlik minimum darajadan 
pastga tushganda o‘simlik tinim holatiga kiradi. Harorat minimumdan pastga tushib 
ketganda o‘simlik hujayrasining sitoplazmasida katta o‘zgarishlar bo‘lishi, ya'ni 
o‘simlikni sovuq urib ketishi mumkin. O‘simliklarni sovuqqa chidamli deganda 
uzoq muddat +1 dan +10 °S gacha bo‘lgan sharoitda yashashiga, o‘ta chidamli 
deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi.
Suv.
Barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o‘simliklar uchun ham suvning 
ahamiyati juda katta. O‘simlik tanasining 50-90% suvdan iborat bo‘ladi. Sitoplazma 
tarkibida suv miqdori 85-90% ni tashkil etadi. O‘simliklarning sersuv mevalarida, 
yumshoq barglarida va ildizlarida suv miqdori ko‘p bo‘ladi. Hatto o‘simliklarning 
quruq holdagi spora va urug‘larida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urug‘ida suv 
nisbatan kam bo‘ladi. Har qanday o‘simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi unda 
tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. O‘simliklar asosan suvni tuproqdan 
oladi. Bundan tashqari, atmosfera yog‘inlari hamda yer osti sizot suvlari hisobiga 
ham hayot kechiradi.
XIX asrning oxirlarida A. Shimper va Ye. Verming o‘simliklar suv rejmiga 
bo‘lgan munosabatlariga qarab 3 ta ekologik gruppaga bo‘lgan: 

Yüklə 189,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin