Key words:
photosynthesis, anatomy, morphology, chlorophyll, mesophyll,
epidermal cuticle, photoperiodism, atmosphere, carbon dioxide, oxygen, inert gases,
transpiration
114
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
ASOSIY QISM.
Abiotik omillar – anorganik tabiatning tirik organizmlarga bevosita yoki
boshqa omillar orqali ta'sir ko‘rsatadigan xususiyatlardan iborat. Harorat, namlik,
yorug‘lik, havo bosimi, sho‘rlanish, suv oqimi, shamol, radioaktiv nurlanish, joy
reylefi va boshqalar abiotik omillar hisoblanadi. Yorug‘lik asosiy abiotik omillardan
biri hisoblanib, o‘simliklarning hayotiy faoliyatida katta ta’sir ko‘rsatadi. Fotosintez
faqat yorug‘dagina ro‘y beradi, shu boisdan fotosintezlovchi o‘simliklar
yorug‘dagina mavjud bo‘ladi. Odatda, o‘simliklar bargiga tushadigan quyosh
nurining faqat 1% i o‘zlashtiriladi, qolgan qismi qaytariladi yoki issiqlik sifatida
tarqaladi. O‘simlik faqat tik tushgan yorug‘likni emas, tarqoq holda tushgan
yorug‘likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorug‘lik o‘simlikning xlorofill
donachalari va sitoplazmasini o‘ldirib, o‘simlikka salbiy ta’sir qiladi. Tarqoq
tushgan yorug‘lik foydali bo‘lib, o‘simlik bilan yorug‘likni to‘liq o‘zlashtiradi,
sababi tarqoq tushgan yorug‘lik sariq-qizil nurlardan iborat bo‘ladi. Yer sharining
har bir zonasida yorug‘lik sharoiti o‘ziga xos bo‘ladi. Cho‘l, dasht, baland tog‘
mintaqalari yorug‘lik bilan kuchli ta’minlangan bo‘lsa, aksincha g‘or va havzalar
yorug‘lik bilan kam ta’minlanadi. Shuning uchun ham har bir joyning yorug‘likka
nisbatan moslashgan o‘simlik turlari mavjud bo‘ladi. O‘simliklarni yorug‘lik
miqdoriga bo‘lgan talabiga bog‘liq holda, hamda o‘simlik organizmida yorug‘lik
ta’siridagi anatomiya – morfologiya xususiyatlariga ko‘ra 4 ekologik guruhlarga
bo‘linadi.
Geliofitlar – yorug‘sevar o‘simliklar, ularda konpensatsiya nuqtasi yuqorida
turadi, zero, fotosintez jarayoni nafas olish jarayonidan ustunlikga ega. Chunki
yoritilish kuchli bo‘lganda, ortiqcha yoritilish unga to‘sqinlik qilmaydi.
Geliofitlarda novdalar sekin o‘sadi. O‘suvchi kurtaklarning faolligi kam. Buning
natijasida ular past bo‘yli bo‘ladi. Tog‘ sharoitida yostiq shakliga ega. Barglar
odatda qalin, tig‘iz, epidermik hujayralarda xloroplastlari bo‘lmaydi. Yaproqning
quyosh nuri tushib turadigan yuqori epidermisi kutikula bilan qoplangan. Novdada
gorizontal joylashgan yaproqlarda mezofill ustunsimon va g‘ovak parenxima yaqqol
namoyon bo‘ladi. Mezofildagi hujayralararo oraliq kichkina hujayralardagi
xloroplastlar mayda, ancha ko‘p bo‘ladi.
Ssiofitlar – issiqsevar (soyasevar) o‘simliklar, ularda fotosintez jarayoni nafas
olishdan tezroq ro‘y beradi. Bu jarayon yoritilish boshlanishi bilanoq boshlanadi.
Quyosh yorug‘ligi kuchli ta’sir qilib fotosintezni pasayishiga olib kelishiga qaramay
bu jarayon tez amalga oshadi. Bu o‘simliklar qisqa muddat yoritilganda, yorug‘lik
kam bo‘lganda boshqa vaqtlarda ham kompensatsiya nuqtasidan past bo‘ladi. Ssiofit
115
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
o‘simliklarda barglar yupqa, ularning epidermik hujayralarida xloroplastlar mavjud.
Yaproqning yuqori tomoni epidermik kutikula bilan qoplangan. Yaproq mezofilida
tabaqalashuv aniq namoyon bo‘lmaydi, ustunsimon va g‘ovak parenxima to‘qima
aniq ifodalanmagan. Mezofildagi hujayralararo oraliq katta, katta hajmli
hujayralarda xloroplastlari yirik, ular ko‘p emas.
Fakultetiv ssiofitlar umbropatientlar ham deyilib, ular soyasevar o‘simliklar
hisoblanadi. Bu guruh o‘simliklar kuchli yoritilish hamda uzoq muddat davomida
soyaga ham o‘sa oladi. Bu guruh o‘simliklarning ko‘pchiligi ekologik katta
plastiklikka ega. Bu guruh o‘simliklar fotosintez jarayoni yoritilish kam bo‘lganidan
boshlaboq nafas olishdan yuqori turadi. Yoritilish jadalligi ortishi bilan ham
fotosintez pasaymaydi.
Ageliofitlar – quyosh yorug‘ligi bilan yoritilishiga muhtoj bo‘lmagan o‘simliklar.
Ular tekinxo‘rlar va saprotroflar.
Yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo‘ladi.
Shimolda yorug‘lik intensivligi kuchsiz bo‘ladi. Yoritilish muddati uzoq bo‘ladi.
Janubda esa kun ancha qisqa bo‘ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo
yorug‘lik intensivligi yuqori bo‘ladi. Shimolda yorug‘lik intensivligi kam bo‘lib,
uzoq muddat yorug‘likning davom etishi u yerdagi o‘simliklarning o‘suv
rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli o‘simliklar deb atashga mos
keladi. Bug‘doy (Triticum L), javdar (Secal cereale L) kabi boshoqli o‘simliklar,
sebarga (Trifolum pratense L), sachratqi (Cichorium intybus L), sapsargul (Iris L)
kabilar misol bo‘ladi. O‘simliklarga uzun kun va tun almashinishi, yorug‘lik va
qorong‘ulikning ko‘rsatgan ta’sirini amerikalik olimlar Garner va Allard tajribada
o‘rganib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha, kun
uzunligi yoki yorug‘lik 12 soatdan kam bo‘lsa uzun kun o‘simliklar gullamaydi,
gullagan taqdirda ham ancha kech gullaydi. Qisqa kunli o‘simliklarning (kun
uzunligi 12 soatdan kam bo‘lgan sharoitdagi o‘simliklar) rivojlanishi qisqa kun
uzunligida yaxshi o‘tadi. Qisqa kunli o‘simliklar ham uzun kunda (yorug‘lik 12
soatdan ko‘p bo‘lganda) gullamaydi, ba’zan juda kech gullaydi. G‘oza (Gossypium
herbaceum L), tariq (Panicum millaceum L), bodring (Cucumis sativus L),
makkajo‘xori (Zea mays L), qovun (Melo orientalis (S. Kudr) Nab), kungaboqar
(Heltanthus annuus L), mavrak (Salvia sclarea L yoki S. Deserta) qisqa kunli
o‘simliklardir. Qisqa kunli o‘simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik
o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm – bo‘yning haddan tashqari
o‘sib ketishi ro‘y beradi. Bundan tashqari Larix decidua o‘simligi uchun minimum
yorug‘lik kunduzi jami yoritilishdan 20% yetarli hisoblangan holda, Picea abies
116
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
uchun 3% gina yetarli bo‘ladi. Aynan ana shu ko‘rsatkichlar katta daraxtlar bilan
birgalikda o‘sadigan o‘simliklarning yorug‘lik rejimini belgilaydi.
Harorat (issiqlik).
Issiqlik – ekologik omillarning muhimlaridan biri hisoblanib, o‘simliklarning
kurrai zaminimizda tarqalishini ta’minlaydi. Kurrai zaminimizdagi o‘simliklar
uchun faol hayotlarini ta’minlashda umumiy harorat diapozoni tor doirada- +55°C
dan – 70°C gacha oralikdan iborat. Bunda issiqning umumiy miqdoridan tashqari
uni kun davomida taqsimlanishi ham muhim ahamiyatga ega, uni harorat rejimi
deyiladi. Ammo Antarktidada 70°C dan past haroratda ham ayrim lishayniklar,
suvo‘tlar yashaydi. Atrof-muhitdagi harorat-issiqqa nisbatan munosabatiga ko‘ra,
barcha o‘simliklar 2 guruhga bo‘linadi: evritermlar va stenotermlar.
Evriterm o‘simliklar bu omilga ko‘ra, keng ekologik amplitudaga ega va shunga
ko‘ra, ular atrofdagi harorat ko‘rsatkichining katta o‘zgarishiga moslasha oladilar.
Bunga odatda, turli fiziologik moslashuv mexanizmlari imkon beradi. Bu holat,
o‘simlik hujayrasi protoplazmasining kimyoviy tarkibi, fermentlarining issiqqa
chidamligi kabi bir qator omillar sabab bo‘ladi.
Stenoterm o‘simliklar tashqi muhit haroratida deyarli o‘zgarishlar ro‘y
bermaydigan muhit sharoitlarida o‘sadi. Tropiklardagi o‘simliklarning ko‘pchiligi
stenoterm hisoblanadi. Yer sharining janubiy kengliklarida o‘sadigan g‘o‘za
(Cossypium blanco), apelsin (Citrus sinensis, Osl), limon (Citrus limon Burm) kabi
o‘simliklar issiqsevar o‘simliklar bo‘lib, yuqori darajali issiqlikda yaxshi o‘sib
rivojlanadi. O‘zbekiston cho‘llarida o‘suvchi kovul (Capparis spinosa L), yantoq
(Alhagi sparsifolla Shop), saksovul kabi o‘simliklar ham jazirama issiqda bemalol
o‘sib rivojlanadi. Yuqori issiqqa ega bo‘lgan sharoitda o‘suvchi o‘simlik turlari
evolyutsiya jarayonida hujayrasi issiqlikka chidamli bo‘lib borish bilan birga boshqa
bir qancha moslanish xususiyatlariga ham ega bo‘lib borgan. Xususan, vegetativ
organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan,
o‘zidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bo‘lgan, tinim davriga
o‘tishga moslashgandir. Shunday bo‘lsada, o‘ta kuchli issiqlik o‘simlikning nobud
bo‘lishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom
etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bo‘lib o‘tganda kuzatiladi.
O‘simliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi o‘suvchi kurtaklarning hazon qatlami
va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. O‘simliklarning bunday
xususiyatlaridan Raunkler hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan.
Sovuqsevar o‘simliklar eng past haroratda o‘sishga moslashgan yoki o‘sish
imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘simliklardir. Yer sharining shimoliy kengliklarida
117
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
o‘suvchi qarag‘ay (Pinus silvestris), tilog‘och (Larix sibirica), qoraqarag‘ay (Picea
schrenkiana) kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Issiqlik minimum darajadan
pastga tushganda o‘simlik tinim holatiga kiradi. Harorat minimumdan pastga tushib
ketganda o‘simlik hujayrasining sitoplazmasida katta o‘zgarishlar bo‘lishi, ya'ni
o‘simlikni sovuq urib ketishi mumkin. O‘simliklarni sovuqqa chidamli deganda
uzoq muddat +1 dan +10 °S gacha bo‘lgan sharoitda yashashiga, o‘ta chidamli
deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi.
Suv.
Barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o‘simliklar uchun ham suvning
ahamiyati juda katta. O‘simlik tanasining 50-90% suvdan iborat bo‘ladi. Sitoplazma
tarkibida suv miqdori 85-90% ni tashkil etadi. O‘simliklarning sersuv mevalarida,
yumshoq barglarida va ildizlarida suv miqdori ko‘p bo‘ladi. Hatto o‘simliklarning
quruq holdagi spora va urug‘larida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urug‘ida suv
nisbatan kam bo‘ladi. Har qanday o‘simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi unda
tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. O‘simliklar asosan suvni tuproqdan
oladi. Bundan tashqari, atmosfera yog‘inlari hamda yer osti sizot suvlari hisobiga
ham hayot kechiradi.
XIX asrning oxirlarida A. Shimper va Ye. Verming o‘simliklar suv rejmiga
bo‘lgan munosabatlariga qarab 3 ta ekologik gruppaga bo‘lgan:
Dostları ilə paylaş: |