RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar, elektron
kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida tayyorlangan va
raqamli tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi.
Ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi:
1.
Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash.
2.
O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni
tayyorlash.
Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi:
birinchi bosqichda raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi;
ikkinchisi texnologik bosqich bo’lib, unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-
taqdimot, virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.), dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga
chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar) ta’minotni aniqlaydi;
uchinchi bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli komponentlar
(o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari tanlanadi;
to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim darajalari hamda
faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi .
Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga qaramasdan,
ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tayyorlash
optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay qolmoqda.
Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish RTRlarni
amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini o’zlashtirishga
yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim.
Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha ma’lum
bo’lgan usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta tashuvchida ta’limiy
jarayon hamma komponentalarining o’quv-metodik ta’minotini birlashtirishi mumkin.
Umumta’lim muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq etish pedagoglarning
malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun ta’lim jarayonini qayta qurish bilan
olib borilishi zarur.
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda. Amaliyotda ularni
qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
1.
O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman
faoliyat shakllarini tashkil qilish.
2.
Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va
telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, jumladan:
qayd qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot, obyekt, hodisa,
jarayonlarni modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar.
O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual
haqqoniylik, gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni olib
kirish.
O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv, ko’nikma,
mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish.
Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini
boshqarish.
O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari uchun
sharoit yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar qilish ko’nikmalarini
shakllantirish.
Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos
bo’lgan dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash.
O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-onalarning
doimiy va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish.
O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar tizimi yordamida
tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter shaklidan (kompyuterlar
soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan, o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda
qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli
testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar
o’quvchilar attestasiyasini qisman avtomatlashtirish imkonini beradi.
|