Geokimyo Biosferada hayotning chegaralari



Yüklə 35,61 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü35,61 Kb.
#183025
  1   2   3   4   5   6
Biosfera Geokimyosi




Qoraqolpoq Davlat Universiteti
Geografiya va Tabiiy resurslar
fakulteti 2B-Geografiya Talabasi
Eshanbaev Utkirning
Geofizika Fanidan Mustaqil ishi


Biosfera geokimyosi

Reja:

  1. Geokimyo

  2. Biosferada hayotning chegaralari.

  3. Biosferada moddalar aylanishi.

  4. Biosferada insonning faoliyati. Noosfera tushunchasi.

  5. Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari.



Geokimyo (geo... va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga ko’chish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. G. terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonbeyn kiritgan (1838). G. 20-asr boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. Ye. Fersman (Rossiya) G.ning asoschilari hisoblanadi. 20-asrning 1 -yarmida o’tkazilgan i. t. ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. bo’yicha birinchi yirik ilmiy axborotlar to’plami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. O’rta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M.Akramxo’jayev, H. N.Boymuhamedov, I. Hamroboyev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpayev, S. T. Badalov va b. G.ni yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida G.ning yangi tarmoklari — kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik G., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik G., litogenez G., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar G.si, nodir elementlar G.si va b. vujudga keldi. G.ning bu sohalari foydali qazilmalarni izlashda nazariy asoslardan hisoblanadi. G. metodlari geologik metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. G. okeanshunoslik, biol., tuproqshunoslik va b. fanlarning ma’lumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Quyosh, Oy, yulduzlar, meteoritlar va b. sayyoralar kabi Yer ham yuzdan ortiq kimyoviy element va ularning izotoplaridan tashkil topgan. Elementlar Yerdagi jinslarda tarqalishi, ion va izotoplari xususiyati va tashqi elektron qobig’ining tuzilishiga qarab atmofil (atom holida uchrashi), siderofil (temir va temir guruhi elementlari), xalkofil (oltingugurt va margimush b-n), lofil (kislorodli), biofil (organik moddalar b-n), gidrofil (suvda eruvchan), neytral (sof holda), galogen o fi l (xlor va yod b-n) guruhlariga bo’linadi. Amerika olimlari Oydagi tog’ jinsida oz miqdorda Ai, Cd, Zn, Ag, Br, Bi, Te, So, Si, Ga, Pd, Rb, Cs kimyoviy elementlari borligini radiokimyoviy neytron-aktivatsiya usuli bilan aniqlashgan. Bularning tarqalish qonuniyatlari Yer kurrasining ichki va tashqi tuzilishi bilan chambarchas bog’liq. Yer kurrasi bir necha qavat — geosferalardan iborat: 1) tashqi qavat — atmosfera; 2) gidrosfera; 3) biosfera; 4) litosfera — qattiq jinslar. Atmosfera tarkibidagi karbonat angidridi (S02) boshqa elementlar bilan birikib, karbonat jinslarni va minerallarni hosil qilgan. Biosferada geokimyoviy jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ishtirokida bo’ladi. Natijada turli xil foydali qazilmalar (neft, gaz, toshko’mir, ohaktosh, diatomitlar, oltingugurt, gips, fosforit, temir, marganes va b.) hosil bo’lgan. Tog’ jinslarining nurashida ham mikroorganizmlar qatnashadi. Litosfera, mantiya va Yer yadrosi kimyoviy tarkibi, ularda buladigan kimyoviy, geokimyoviy va geofizik jarayonlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Yer kurrasining o’rtacha tarkibini asosan elementlarning davriy sistemasidagi 16 element G’e(39,75%), O2(27,71%), Si( 14,58%) va b. tashkil etadi. Boshqa elementlar 0,2—0,5% ga teng . Kimyoviy elementlarning Yer pusti tog’ jinslaridagi o’rtacha miqdori (klarki)ni aniqlash foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bir metallar (qo’rg’oshin, simob, mis, oltin va b.) juda oz miqdorda bo’lsa ham ma’lum sharoitda bir joyga to’planib, konlar hosil qilish xususiyatiga ega. Ayrim elementlar (vismut, reniy, kadmiy va b.) mustaqil ruda koni hosil qilmaydi. Ular volfram, molibden, rux rudalarida aralashma holida uchraydi. Bunday rudalar mexanik birikma va sof element yoki izomorf shaklida bo’ladi. Geokimyoviy qonuniyatlarni bilish odamlarning i.ch. amaliyotida, atrof muhitni himoya qilish va qo’riqlashda ahamiyati muhim. Geografiya fanida ham geokimyoviy yo’nalish — landshaft geokimyosi rivojlanmoqda. G. sohasidagi i. t. ishlari xorijda (AQSH, Rossiya, Ukraina) va O’zbekistonda Geol. va geofizika institutida, Geol. va mineral resurslar Davlat qo’mitasidagi ayrim geokimyo partiyalarida, neft va gaz konlari geol. si va razvedka kilish, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi institutlarida va oliy o’quv yurtlaridagi maxsus lab.larda bajarilmoqda. Bu ishlar natijasida O’rta Osiyo va Qozog’istonda polimetall, mis va uran konlari topildi. Jumladan, O’zbekistonda Olmaliq, Muruntov, Qushbuloq, Qizil olma va b. konlar. Bu konlarda asosiy elementlar (Ai, Si, Mo)dan tashqari nodir elementlar (Os, Re, Jr, Se, Ta, Tl va b.) qo’shimcha holda uchraydi. Qahhor O’rinboyev, Stepan Vadalov.



Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin