126
• Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika
maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
• Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni
doimiy tayyor holda saqlash;
• Atrof-muxit hamda kuchli xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va
nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
• Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat
qilishga tayyorgarligini ta’minlash;
• Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu
jumladan, evakuatsiya ishlarini o‘tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini
ta’minlash, zarar ko‘rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
• Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va
moddiy resurslar zahirasini yaratish;
• FVlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid
tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
• Favqulodda vaziyatlarda ob’ektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va
vositalarini, shuningdek, xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa
omillarni bajarish.
Favqulodda vaziyatlar yana tarkalish miqyosiga (shikastlanganlar
soniga
xamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
1. Loqal (ob’ekt miqyosidagi) FV;
2. MahalliyFV;
3. Respublika (milliy) FV;
4.Transchegaraviy (global).
Dostları ilə paylaş: