2. FM tashkilotining asosiy vazifalari himoyasi soxasidagi vakolatlari. FVDT xududiy va funktsional kuyi tizimlardan iborat bo‘lib, u respublika,
mahalliy va ob’ektlar miqyosi darajasida bo‘ladi.
FVDTning xududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda
tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar miqyosida tashkil
topadi.
FVDT xududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va
vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim
sharoitlarini, kuchli xavfli ob’ektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi
hamda FVV bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan
tasdiqlanadi.
FVDTning funktsional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qumitalari,
korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda atrof muhitni,
kuchli xavfli ob’ektlar holatini ko‘zatish va nazorat qilishni amalga oshirish,
shuningdek, ularga qarashli ob’ektlarda o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati
bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish uchun
tashkil etiladi.
FVDT rahbar organlariga aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga davlat boshqaruvi, maxalliy
hokimiyat organlari va ob’ektlar mas’uldir, jumladan, respublika darajasida
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli ob’ektlar
holatini kuzatishni nazorat qilish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosda
hududiy hokimliklar, ob’ektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati
mutasaddi hisoblanadi.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy