Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

YER QIMIRLASHIDAN SO‘NG 
Yer silkinishi to‘xtagandan keyin, shikastlangan, lat egan, devor ostida 
qolgan odamlarga yordam byering. 
1.
Yordamga muxtoj odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating. 
Shikastlanganlarni yopig‘ich bilan o‘rang va shifokorlarga murojat qiling 
2.
Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini ta’minlan, yer silkinishi natijasida 
ruxan shikastlaganlarga dalda bering. 
3.
Engil buyumlar ostida qolganlarga iloji bo‘lsa yordam bering, bo‘lmasa 
yordam kelguncha kuting. 
4.
Yong‘in o‘chog‘ini topsangiz iloji boricha o‘chirishga xarakat qiling. 


142 
5.
Elektr simlarini tekshiring agar uzilgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib 
qo‘ying. 
6.
Suv quvuri yo‘lini tekshiring. Agar buzilgan bo‘lsa suv tarmog‘idan uzib 
qo‘ying. 
7.
Gaz tarmog‘ini jo‘mragidan berkitib qo‘ying, agar gaz xidi chiqib turgan bo‘lsa 
aniqlash uchun gugurt yoki shamdan foydalanmang.
8.
Chiqindi suv quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini tekshirib ko‘ring. 
9.
Xavfli tez yonuvchan suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin ximikatlar va 
boshqalar) buni tezda bartaraf qiling va bu xaqda boshqalarga xabar bering. 
10.
Agar sizning yordamingiz kerak bo‘lmasa yer qimirlagan va vayron bo‘lgan 
joyga kirmang. 
11.
Yerto‘la va maxsus yer osti moslamalar eshiklarini ochishda extiyot bo‘ling, 
chunki ustingizga suvoq o‘pirindilari yoki og‘ir qismlar tushishi mumkin. 
12.
Telefonni keraksiz axbarotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon 
yordamga chaqirish, muxim xodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar xaqida 
axbarot berish uchun kyerak bo‘ladi. Shuni esda tuting, telefon liniyasini band 
bo‘lishi qutqaruv ishlarini foydali ishini kamaytiradi. 
13.
Keyingi bo‘ladigan yer qimirlashini o‘zingiz o‘ylab chiqarmang yoki mish - 
mishlarga ishonmang yoki gap tarqatmang. Ishonchli axbarotlardan 
foydalaning. 
14.
Agar siz vayronagarchilik ostida qolsangiz, sharoitni to‘g‘ri baxolang. 
O‘zingiz birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa qon oqishini 
to‘xtating va jaroxatni bog‘lang.
15.
Oldingizda turgan odamga yordam ko‘rsating, u o‘zini tinchlantirib olsin. 
Vayronagarlikdan tashqarida qutqarish uchun yurgan odamlar bilan tovush va 
taqqillatish yo‘li bilan aloqa qiling. Kuchingizni tejang. Yodingizda tuting, 
albatta yordam keladi. 
16.
Yodingizda bo‘lsin qayta silkinish xavfi ya’ni yer silkinishining qaytishi 
saqlanadi. Yer silkinishining qaytishi bir necha daqiqa, soat ba’zi vaqtlarda 
yertasi kuni xam sodir bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, zilzila – ya’ni, yer qimirlashi tabiatning eng qo‘rqinchili va 
vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan tabiiy ofatlardan biridir. U yer sharining 
seysmik jixatdan faol xududlaridan vujudga keladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati xam xuddi shu seysmik faol 
rayonlaridan bo‘lib, ba’zi bir joylarida 9 ballgacha zilzila sodir bo‘lishi mumkin. 
Yer silkinishi 12 balli shkala bo‘yicha baxolanadi. Zilzilaning tashqi ko‘rinishi 
quyidagicha izohlanadi: 
1-3 balli - kuchsiz; 
4-5 balli - sezilarli darajada; 
6-7 balli - kuchli va ta’sirli; 
8-10 balli - vayrongarchilikka olib keluvchi; 
11-12 balli - xalokatli. 


143 
Yer silkinishi va undan keyingi paytda paydo bo‘ladigan qo‘rquv va vaxima 
inson xayoti uchun juda xavflidir, inson bunday paytlarda qo‘rquvning engib, 
o‘zining boshqara olishi kerak. 
Demak, insoniyat zilzilani bashoratlash imkoniyatiga ega emas ekan, sodir 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yer silkinishining zarar-oqibatlarini kamaytirish 
imkoniyatiga ega. Biz hozir bu imkoniyatlarni tartib bilan sanab chiqamiz: 
1.
Binolarni mustahkamligini ta’minlash (qurilayotgan binolarni mustahkamligini
oshirish, mavjud binolarni mustaxkamligini saqlash, engil qurilmalardan 
foydalanish v. b). 
2.
Binolar ichidagi mebel va boshqa jixozlarni mustaxkam o‘rnatish (divan, 
krovat, stol-stullarni polga; jovon, shkaf va servantlarni devorga mustaxkam 
o‘rnatish, qandil va boshqa osiladigan buyumlarni mustaxkam osish v. b). 
3.
Zilzila sodir bo‘lgunga qadar bajariladigan ishlar (eng zarur xujjatlar va boshqa 
buyumlar xamda dori-darmonlar solingan sumka tayyorlash; uch kunlik (suv 
oziq-ovqat zaxirasi tayyorlash; bino ichidagi xavfsiz joylarni raqamlar bilan
belgilab, o‘rganish; binodan tashqaridagi xavfsiz joyni va unga boradigan yo‘lni 
aniqlab o‘rganish v.b.). 
4.
Zilzila payitidagi xarakatlarni aniqlab, o‘rgatish (vaximaga tushmaslik; extiyot 
choralarini ko‘rgan xolda, qaltis xarakatlanmay turish; zilzilaning qaytish 
xususiyatidan unumli foydalanib, tashqaridagi xavfsiz joyga chiqish; binodan 
chiqolmay qolganda, oldindan o‘rganilgan eng yaqin xavfsiz joylarni egallash 
v.b.). 
5.
Zilzila to‘xtagandan keyingi xarkatlarni aniqlab o‘rgatish (o‘zini xolatini 
aniqlashni, oila a’zolari va yaqinlarini qidirib topishni hamda qutqarishni, eng 
zarur birinchi yordam ko‘rsatishni; mavjud yong‘inlarni cheklash yoki 
o‘chirishni; gaz, elektr va suv tizimlarini o‘chirishni; qo‘ni-qo‘shnilarga oilada 
bajarilgan tartibda yordam ko‘rsatishni; kelishi mumkin bo‘lgan yordam kuch va 
vositalari uchun yo‘l va yo‘nalishlar tayyorlashni o‘rgatish v. b.). 
Biz xozir yuqorida sanab chiqqan tadbirlar va ishlar, xar bir fuqaroning, 
qolavyersa, har bir jamoaning imkoniyat darajasidagi, ya’ni bajarsa bo‘ladigan 
ishlaridan iborat. Ushbu tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilaning zararli 
oqibatlarini bir muncha kamaytirishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin