Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Birinchi bosqichda
uzoq muddatli prognoz asosida zilzila qaerda taxminan 
qaysi yillarda qanday kuch bilan sodir bo‘lishi aniqlanadi. 
Keyingi bosqichda
zilzilalar o‘rtacha va qisqa muddatga prognoz qilinadi. 
Seysmogen zonalarda maxsus o‘lchash asboblari yordamida zilzila darakchilari 
kuzatib boriladi. Zilzila darakchilari–yerning magnit, elektr, gravitatsion 
maydonlarining o‘zgarishi, ionosfera qatlamidagi o‘zgarishlar, yer sathining, yer 
osti suvlari sathining, ular tarkibidagi mikroelement miqdorinnig o‘zgarishlaridir. 
Bundan tashqari zilzilani bashorat qilishda qaerda qanday kuch bilan yer 
qimirlashini 
ko‘rsatuvchi 
puxta 
seysmik 
rayonlashtirish 
va 
mikrorayonlashtirish
xaritalarni o‘rni katta. 
Seysmik rayonlashtirish
deganda 
qayerda qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini aniqlash tushuniladi. Bunda yer 
qobig‘ining tuzilishi, undagi harakatlar, yerning fizik maydonlari, bo‘lib o‘tgan 
zilzilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar chuqur tadqiq qilinadi. 
 
GIDROGEOSEYSMOLOGIYA nima?
Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida zilzilalarni bashorat qilishning turli 
usullari mavjud. Bunday usullardan biri gidrogeoximik va geodinamik usullardan 
foydalanish natijasida yaratilgan gidrogeoseysmologiyadir.
Bu usul zilzila kutilayotgan maydon chuqur qatlamlaridagi suvlar 
tarkibidagi kimyoviy elementlar, tuzlarning anomal o‘zgarishini hisobga olgan 
holda zilzilalarni bashorat qilishdan iborat. Sistematik ravishda gidrogeologik, 
gidroximik kuzatishlar yer osti suvlari tarkibida turli xil elementlarning bo‘lishi va 
ularning miqdori o‘zgarib turishini ko‘rsatadi.


139 
Faqat bizning respublikamizdagina emas, balki chet ellarda ham 
gidroseysmologik usul zilzilalarni oldindan aytib berish sohasida muhim rol 
o‘ynaydi. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari (X.Kreyg, I.Fridman), 
Yaponiyada (Xirosi Vakito), Italiyada (M.Del-Aslio) va yer yuzining boshqa 
seysmoxavfli xududlarida bu usuldan keng foydalanib kelinmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin